1970 yil Buxoro viloyatining Ko'gon shahrida tug’ilgan.Мillati - o’zbek.
Ma’lumoti - oliy. 1992 yilda Toshkent temiryo’l transporti muhandislari institutining “Temiryo'l transportida tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligini tamomlagan.
2003 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.
Toshkent temiryo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng, 1992 yildan 2008 yillar oralig’ida temiryo’llar iBuxoro bo’limi, , “Uzjeldorgruztrans” DK Buxoro Direktsiyasi, «O'zbekistontemiryo'llari» DATK Buxoro temiryol mintaqaviy uzelida turli lavozimlarda faoliat olib borgan. Bular: Buxoro-1 stantsiyasi navbatchisi, tashish va tijorat ishlari bo'limi yetakchi muhandisi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va texnikaviy ishlar bo'yicha bo'limi boshlig'ining o'rinbosari, Qorovul-Bozor stantsiyasi boshlig'i, Buxoro mintaqaviy temiryo'l uzeli boshlig'i, «O'zbekistontemiryo'llari» DATK texnik va texnologik nazorat boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan.
2008 yildan 2017 yilgacha Buxoro viloyati Kogon va Buxoro shaharlarining hokim lavozimlarda ishlab kelgan.
2017 yilda «O'zbekko'mir» unitar korxonasining bosh direktori birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan.
2018 yildan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzelining boshlig'i lavozimida ishlamoqda.
Oilali, ikki nafar farzandning otasi – bir o'g'il va bir qizi bor.
Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzel boshlig'i O'zbekiston Respublikasi qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlarini, Oliy Majlis va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlarini, “O'zbekiston temir yo'llari”AJ buyruqlari, farmoyishlari xamda uzel Nizomida ko'rsatilgan vazifalarni xayotga tadbiq etadi.
Uzel va uning ijrochilik devoniga umumiy raxbarlik qiladi, uzelga yuklangan vazifalarning bajarilishi va“O'zbekiston temir yo'llari” AJ xamda uzel Nizomlariga rioya qilinishi uchun javobgar xisoblanadi, o'z o'rinbosarlari orasida majburiyatini tasdiqlaydi va uzelga yuklangan vazifalarni bajarishda ularning vakolatini aniqlaydi.
Uzel doirasida ishlab chiqarish xo'jaligidagi prognoz ko'rsatkichlar tizimi bo'linmalarining o'rinlar jadvalini tasdiqlaydi.
Uzel ishining samaradorligini, uning yakuniy natijalarini butunlay ta'minlaydi va poezdlar xarakat xavfsizligini oshirish bo'yicha xar tomonlama chora ko'rib umumiy raxbarlikni olib boradi.
Kadrlar siyosatini tadbiq etadi.
Xo'jalik faoliyatini takomillashtirish ( rejalashtirish) masalalarini olib boradi.
Uzel tizimi bo'linmalarining ishini muvofiqlashtirib beradi.
Uzel nizomida unga berilgan vakolat va xuquq chegaralarida xamma masalalarni yechadi va boshqa mansabdor shaxslarga, o'rinbosarlariga, uzel bo'linmalari raxbarlariga aloxida ishlab chiqarish – xo'jalik funktsiyalarini bajarishni topshiradi.
Ijtimoiy adolat printsipini to'g'ri ishlatish, ma'muriy va iqtisodiy raxbarlik usullarini jipslashtirishni, uzel faoliyatida masalalarni yechish va muxokama qilishda xamkasblik va yagona boshliqlikni ta'minlaydi. Uzel bo'linmalariga maxsus Nizomga asosan maxfiy - tartibni ta'minlash bo'yicha tadbirlar chiqarishni tashkillashtiradi va olib boradi.
1986 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. Мillati - o’zbek. Ma’lumoti - oliy. 2007 yilda Toshkent temiryo’l transporti muhandislari institutining “Temiryo'l transportida tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligini tamomlagan. Shu institutda 2009 yilda "Halqaro yuklar tashish" mutaxassisiligi bo'yicha magistraturani tamomlagan.
Toshkent temiryo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng, 2007 yildan 2010 yilgacha "O'zbekiston temir yo'llari" DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzelida turli lavozimlarda faoliat olib borgan. Bular: Chuqursoy stantsiyasi saralash tepaligi operatori, saralash tepaligi bo'yicha navbatchisi, stantsiya bo'yicha navbatchisi qoshidagi operatori, stantsiya bo'yicha navbatchisi.
2010-2011 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK yagona dispetcherlik markazi bojxona ishlari bo'yicha poezd dispetcheri, 2-tuman tashishlar bo'limi poezd dispetcheri sifatida ishlagan.
2011-2012 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli Yalangach stantsiyasi boshlig'i sifatida ishlagan.
2012 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK tashishlarni tashkil etish boshqarmasi yuklarni turlari bo'yicha ortish va tushirish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.
Bundan tashqari, 2012-2015 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli tashish va stantsiya ishlari bo'limining tashish jarayonini tashkil etish texnologiyasiga rioya qilishni nazorat etish va o'rgatish bo'yicha murabbiysi, O'zbekiston va Boz-su stantsiyalarining boshlig'i sifatida ishlagan.
2015-2016 yillarda "O'ztemiryo'lkonteyner" aktsiyadorlik jamiyati moliya, investitsiya va istiqbolli rivojlanish bo'yicha direktori lavozimida ishlab kelgan.
2016 -2019 yillarda “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati yuqori tezlikdagi yo'lovchi poezdlar xarakatini tashkil etish va foydalanish bo'yicha boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari bo’lib tayinlangan.
2019 yildan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzelining bosh muhandisi lavozimida ishlamoqda .
Oilali, uch nafar farzandning otasi – bir o'g'il va ikki qizi bor.
- Ilg'or ilmiy –texnik tadqiqotlarni joriy qilishda boshchiliq qiladi, uzelning xamma bo'linmalarida texnologik va texnik masasalarni kompleks xal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'tkazishni tashkil qiladi, ishlab chiqarish fondi asosiy mablag'larni yangilash, rivojlantirish va samarali ishlatishga boshchilik qiladi;
- Uzelning xamma bo'linmalarining ishlab chiqarishini ishlash va rivojlantirish masalalarini nazorat qiladi, moddiy-texnika ta'minoti, texnik vositalar ta'mirini, qo'l stidagi bo'linmalarni belgilangan tartibda belgilangan me'yor va limitlarga muvofiq
yoqilg'i-energetik va moddiy-texnika resurslar bilan ta'minlashni tashkil etadi. Xarakatdagi sostavning sifatli ta'mirini o'tkazishga va ta'mirlash bazasini rivojlantirishga amaliy yordam beradi;
- Ijtimoiy ob'ektlar qurilishi va ta'mirini belgilangan muddatlarda tashkil etadi, kapital ta'mirga qaratilgan mablag'larning o'z vaqtida kiritilib to'la o'zlashtirilishini nazorat qiladi;
- Uzelning ijtimoiy ob'ektlari va ishlab chiqarish binolarining kapital ta'mirlash rejasini ta'minlash bo'yicha masalalarini nazorat qiladi;
- Uzel tizimidagi xamma bo'linmalarining texnikaviy vositalari ustidan nazoratni texnologik intizomga, xavfsizlik texnikasi, mexnatni muxofazalash va ishlab chiqarish sanitariyasi bo'yicha qoida va me'yoriga, xamda tabiatni muxofazalash, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish orqali amalga oshiradi;
- Ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatini, standartlash va sertifikatlashtirish, ish joylarini attestatsiya qilish va ratsionalizatorlash, metrologik ta'minot, ishlab chiqarishni, mexnat va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etishni takomillashtirish, xamda xisoblash texnikasi, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga mablag'larni joriy qilish ishlarini nazorat qiladi;
- Ilmiy izlanishlar o'tkazishni, xamda propaganda va ilmiy-texnika axborotlari soxasida ishlarni tashkil etadi.
Uzel boshlig'ining o'rinbosari - yuk tashish va bekat ishlari bo'limi boshlig'i
1983 yil Toshkent viloyatida tug’ilgan. Мillati - o’zbek. Ma’lumoti - oliy. 2004 yilda Toshkent temiryo’l transporti muhandislari institutining “Temiryo'l transportida tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligini tamomlagan.
Toshkent temiryo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng, 2004 yildan 2005 yilgacha «O'ztemiryulyulovchi» OAJ Toshkent filiali Toshkent yo'lovchilar bekati yo'l bo'yicha
navbatchi operatori, bekat navbatchisi sifatida ishlagan.
2007-2009 yillarda AJ “O'zbekiston temir yo'llari” Yagona dispetcherlik markazining poezd dispetcheri lavozimida ishlagan.
2009 -2017 yillarda «O'zbekistontemiryo'llari» DATK Toshkent temiryol mintaqaviy uzelida turli lavozimlarda faoliat olib borgan. Bular: Yalongoch bekati boshligining o'rinbosari, uzel boshlig'ining yordamchisi, uzel boshlig'ining kadrlar va ijtimoiy masalalari bo'yicha o'rinbosari, Keles bekati boshlig'ining o'rinbosari,Toshkent yuk stantsiyasining boshlig'i, Salar stantsiyasining boshligi, Sirdaryo stantsiyasining boshligi.
2018 yildan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzelining boshlig’i birinchi o’rinbosari - tashish va stantsiyalar ishlari bo'limi boshlig'i lavozimida ishlamoqda .
Oilali, ikki nafar farzandning otasi – bir o'g'il va bir qizi bor.
- Tashishlar jarayonini tashkil etish ishlari va yuklarni tashish bo'yicha rejaviy topshiriklarni bajarish ishlariga boshchilik qiladi;
- Tashilayotgan yuklar butligini, texnikaviy vositalarning o'z vaqtida va sifatli ta'mirini, saqlash va xizmat ko'rsatish ishlari;
- Tortish vositalari va lokomotiv brigadalarni ratsional ishlatish soxasida tashish jarayonini ta'minlash, tashishlar sifatini oshirish, texnik vositalar va xarakatdagi sostavni samarali ishlatish, tashish jarayonini boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish, butun nomenklatura bo'yicha yuk ortish rejasini bajarishni ta'minlash ishlarini;
- Texnikaviy reglamentlar talablarini bajarish, foydalanish, ta'mirlash va vositalarga profilaktik xizmat ko'rsatish bo'yicha standartlash, texnikaviy shartlar va boshqa me'yoriy xujjatlarini joriy qilish ishlari;
- Qo'l ostidagi stantsiyalar ustidan nazoratni olib boradi;
- Elektroenergiya, yoqilg'i, moddiy texnika resurslarining sarflash bo'yicha belgilangan me'yorlariga rioya qilish ustidan;
- Ishlab chiqarish qoidalari, mexnat intizomi va ichki mexnat tartib qoidalariga xodimlar rioya qilishi ustidan;
- Poezdlar xarakati xavfsizligi, mexnatni muxofazalash me'yorlari va qoidalari, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi chora-tadbirlariga rioya qilish ustidan;
- Stantsiya xodimlarini mukofotlash va mexnat to'lovlari bo'yicha amaldagi nizomlarini qo'llash to'g'riligi ustidan nazorat olib boradi;
- Ishlab chiqarish taraqqiyotining yillik va kelajakdagi rejalarini ishlab chiqarishda, yangi texnikani joriy qilish, mexnatni tashkil qilish, moddiy texnika va ishlab chiqarish bazasini qayta tiklash va texnik qayta qo'rollantirish, atrof muxitni muxofazalash tadbirlarida qatnashadi.
Uzel boshlig'ining Namangan mintaqasi bo'yicha o'rinbosari-Namangan stantsiyasi boshlig'i
1965yil Sirdar`yo viloyatining Sirdar`yo shahrida tug’ilgan. Мillati - o’zbek.
Ma’lumoti - oliy. 1999 yilda Toshkent temiryo’l transporti muhandislari institutining “Temiryo'l transportida tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligini tamomlagan.
1988 yildan o'z faoliyatini boshladi.
1988 yildan 2017 yillar oralig’ida «O'zbekiston temir yo'llari» DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli Sirdaryo bekatining yuk qabul qiluvchisi topshiruvchisi, bekat navbatchisi, Toshkent temir yul bo'limining tijorat taftishchisi, yuk va tijorat ishlarini urgatish buyicha nozir, Sirdaryo, Baxt bekatlarining boshlig'i lavozimlarda faoliat olib borgan.
Bundan tashqari, 2015 yilda “Temiryulyonilg'ita'min” boshqarmaning Sirdaryo viloyatidagi ko'mir omborlari boshlig'i sifatida ishlagan.
2018 yildan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli boshlig'ining Xovos mintaqasi bo'yicha o'rinbosari-Xovos stantsiyasi boshlig'i lavozimida ishlamoqda .
Oilali, to'rt nafar farzandning otasi – bir o'g'il va uch qizi bor.
Uzel boshlig'ining Andijon mintaqasi bo'yicha o'rinbosari-Andijon stantsiyasi boshlig'i
1976 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. Мillati - o’zbek.
Ma’lumoti - oliy. 1998 yilda Toshkent temiryo’l transporti muhandislari institutining “Temiryo'l transportida tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligini tamomlagan.
2014 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilish akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini bitirgan.
Toshkent temiryo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng, 1998 yildan 2001 yillar oralig’ida «O'zbekiston temir yo'llari» DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli Chuqursoy
stantsiyasining poezd tuzuvchisi, operatori, stantsiya navbatchisi lavozimlarda faoliat olib borgan.
2001 yildan 2003 yilgacha «O'zbekiston temir yo'llari» DAK yagona dispetcherlik markazining poezd dispetcheri lavozimida ishlab kelgan.
2003 yildan 2015 yilgacha «O'zbekistontemiryo'llari» DATK Toshkent temiryol mintaqaviy uzelida turli lavozimlarda faoliat olib borgan. Bular: tashish va stantsiyalar ishlari bo'limi boshlig'ining foydalanish ishlari bo'yicha o'rinbosari, Oxangaron stantsiyasi boshlig'ining tezkor ishlar bo'yicha o'rinbosari, Oxangaron stantsiyasi boshlig'I, yuk va tijorat ishlari bo'limi boshlig'ining o'rinbosari, Nazarbek stantsiyasi boshlig'I.
Bundan tashqari, 2015 yilda «O'zbekiston temir yo'llari» DAK kapital qurilish direktsiyasi tarkibidagi Angren Pop elektrlashgan temir yo'l qurilish loyixasini amalga oshirish guruxi tunnel qurilishining mas'ul raxbari sifatida ishlagan.
2015 yildan 2016 yilgacha «O'zbekiston temir yo'llari» DAK Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli Oxangaron, Chuqursoy stantsiyalar boshlig'i, uzel boshlig'ining o'rinbosari-tashish va stantsiyalar ishlari bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlab kelgan.
2017 yildan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Texnik va texnologik nazorati boshqarmasi Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzelining bo'yicha katta noziri lavozimida ishlamoqda .
Oilali, to'rt qiz farzandning otasi.
- Yuqori tezlikdagi "Afrosiyob" elektr poezdlarning havfsiz o'tishini ta'minlovchi texnik
xizmat va infratuzilma ekspluatatsiyasini tashkillashtirish, biriktirilgan hudud 3406 km - 3414 km PD-8 (Toshkent temir yo'l masofasi);
- Yo'l harakati havfsizligini ta'minlash, uzelda avariyaviy holat to'g'risida ogohlantirish, tashkilotlar va bekatlarning temir yo'l transporti Qonuniga rioya qilish, kompaniya rahbarlarining buyruqlari, Texnik Foydalanish Qoidalari, signallashtirish va bog'lanish qo'llanmalari, poezdlar harakati va manyovrli ishlar hamda “O'zbekiston Davlat Temir Yo'l nazorati” Davlat inspektsiyasining me'yoriy hujjatlari bo'yicha idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
- Uzel boshligi bilan birgalikda tiklash poezdlar kuchi va tezkor guruhlar yordamida O'zbekiston Respublikasi Temir yo'llarida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini, temir yo'l hodisalari, ishda texnologik jarayonining buzilishini bartaraf qilish, shuningdek odamlarни qutqarish boyicha tez va sifatli bajarish ishlarini taminlaydi;
- Poezdlar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan bekat va korxonalar profilaktika chora-tadbirlarini o'z vaqtida o'tqazilishini, harakat xavfsizligini taminlaydigan texnik vositalarining ishlash ishonchliligi bo'yicha o'z vaqtida loyihalashtirishda va amalga oshirishda nazorat olib boradi;
-Favqulotdagi holatlar, temir yo'l hodisalari, uzel bo'linmalari ishida kuzatilgan texnologik jarayonlarning buzilishini rasmiy tekshiruvida ishtirok etadi, yo'l harakati havfsizligining buzilish holatlari talablari va klassifikatsiyalariga javob beradigan va o'z vaqtida o'tkazilishini nazorat qiladigan tergovni ta'minlaydi;
-Mintaqada poezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha uzel va korhonalar boshliqlari bilan o'tkaziladigan qo'shma tekshirishlarda ishtirok etadi.